Oʻtgan hafta eng koʻp kibertahdid Hukumatga tegishli axborot tizimlariga boʻlgan

    Bir hafta ichida Oʻzbekiston hududidagi axborot tizimlari va resurslariga nisbatan 32 mingdan ziyod kibertahdidlar aniqlandi.

    UzCERT xizmati tomonidan joriy yilning 5-fevraldan 11-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi axborot tizimlari va resurslariga nisbatan 32156 ta kibertahdidlar aniqlandi.

    Shulardan sohalar kesimida top-5 ta:

    Hukumatga tegishli AT - 52.7 %
    AKT - 19.3 %
    Moliya 14.2 %
    Energetika 4.3 %
    Ishlab-chiqarish 3.9 %.

    Hafta davomida uchragan zaifliklar top-5 ta:

    CVE-2022-31813 - 18.5 %
    CVE-2022-22720 - 18,3 %
    CVE-2021-39275 - 16,9 %
    CVE-2021-44790 - 16,9 %
    ssl poodle - 16,2 %.