Muloqotning asosiy mavzusi Latviyada Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarining savdosini yoʻlga qoʻyish hamda Latviya investorlarini mamlakatimizga faol jalb etish boʻldi. Ikki tomonlama hamkorlikning navbatdagi raundida milliy mahsulotlarimizni qisqa fursatda Latviya bozori orqali YEI bozoriga olib kirish masalasining amaliy jihatlarini muhokama qildi. Bu borada Oʻzbekistonning GSP+ preferensiyalar tizimidan samarali foydalanishi bilan bogʻliq imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
“Trade House Uzbekistan” kompaniyasi rahbari bugungi kunda Oʻzbekiston uchun Latviyada yirik shou-rum tashkil etilganligi va shu kunga qadar hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi yoʻlga qoʻyilganligini qayd etib, navbatdagi bosqichda Oʻzbekistonning charm-poyabzal korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni joylashtirish ishlari boshlanishini takidladi.Uchrashuvda tomonlar mahsulotlar namunalarini joylashtirish, mahsulot turlari va yetkazib berish bilan bogʻliq masalalarni atroflicha muhokama etib oldi. Shuningdek, Latviyada ulgurji savdolarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy jihatlarning bugungi holati koʻrib chiqildi.
Muzokaralar chogʻida Latviya kompaniyalarini Oʻzbekistonga sarmoya kiritish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarda fikr almashildi. Muloqot soʻngida YEI jumladan, Latviyaga mahsulot yetkazib beruvchi mahalliy korxonalar bilan muzokaralar oʻtkazilishi va namunalarni Latviyadagi shou-rumga joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilindi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.