“Oʻzbekgidroenergo” AJ xodimlari navbatdagi “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol ishtirok etishdi

    Bugun, 28-avgust kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJ xodimlari navbatdagi “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol ishtirok etishdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini ”Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili“da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda har oyning toʻrtinchi chorshanbasida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkazilmoqda.

    Anʼanaviy ravishda, bugun ham “Oʻzbekgidroenergo” AJ xodimlari shaxsiy avtomobillari oʻrniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalari, shuningdek piyoda yurishdan faol foydalangan holda, shahrimiz havosini avtomobillardan chiqadigan zaharli gazlardan tozalashga oʻz hissalarini qoʻshishdi.


    Hamkorlik materiali