“Oʻzbekgidroenergo” AJ xodimlari navbatdagi “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol ishtirok etishmoqda

    Xabaringiz bor, mamlakatimizda har oyning toʻrtinchi chorshanbasida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkazilmoqda.

    Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

    Bugun, 25-sentyabr kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJ xodimlari navbatdagi “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol ishtirok etishmoqda.

    Asosiy maqsad aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoyalash, yoʻllardagi tirbandlikni kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish har bir insonning fuqarolik burchi ekanligini alohida taʼkidlashdir.

    “Oʻzbekgidroenergo” AJ xodimlari shaxsiy avtomobillari oʻrniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalari, shuningdek piyoda yurishdan faol foydalangan holda, poytaxtimiz havosini avtomobillardan chiqadigan zaharli gazlardan tozalashga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.


    “Oʻzbekgidroenergo” AJ

    axborot xizmati

    

    Hamkorlik materiali