2003-yildan boshlab milliy maʼnaviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsi, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan 592 nafar yigit-qizlar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi.
Joriy yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparatiga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni uchun jami 460 nafar (292 nafar hududiy Kengashlardan, 168 nafar vazirlik va tashkilotlardan) nomzodning hujjatlari kelib tushdi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019-yil 7-dekabrdagi yigʻilishida Respublika Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan 41 nafari “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga qaror qilindi.
Koʻkrak nishoni bilan har bir yoʻnalish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.