Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deya qayd etilgan. Bu borada mamlakat AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya kabi davlatlar bilan bir ro‘yxatda joylashgan.

"Zo‘ravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi. Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali va infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar to‘xtatilishi mumkin", deya taʼrif beriladi xavfsizlik yuqori bo‘lgan mamlakatlarga.

Eng xavfli davlatlar sifatida esa Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman va Ukraina qayd etilgan.