Videokonferensiya shaklida oʻtgan uchrashuvda qurilish sohasidagi hamkorlik, Oʻzbekiston qurilish kompaniyalarining Primorye oʻlkasida ijtimoiy muhim loyihalarni amalga oshirish uchun ushbu hudud bozoriga kirishi masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda qurilish xizmatlari eksportini oshirish zarurligi aytib oʻtildi. Primorye oʻlkasi bilan kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishning asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston qurilish kompaniyalarining Primorye oʻlkasida qurilish obyektlarini bunyod etishda ishtirok etishi bilan bogʻliq masalalarni qayta koʻrib chiqish uchun yana muzokaralar oʻtkazish hamda ishchi guruh tashkil etishga kelishib olindi.