Tanlov quyidagi yoʻnalishlardan iborat:

▫️Ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash;

▫️Madaniyat va sanʼat;

▫️Media;

▫️Sport va turizm;

▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish;

▫️Qurilish, arxitektura va transport;

▫️Tadbirkorlik va bandlik;

▫️Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va agrotexnologiyalar;

▫️Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar;

▫️Ekologiya, qayta tiklanuvchi energiya manbaalari va kimyo texnologiyalari.

Loyiha uch bosqichda oʻtkaziladi: saralash, hududiy (yarimfinal) va respublika (final). Hududiy bosqichga (yarimfinal) har bir hududdan 100tagacha loyiha saralab olinadi va 1400ta loyihadan eng sara 100tasi gʻoliblar qatoridan joy oladi.

Respublikaning eng iqtidorli va tashabbuskor yigit qizlarini birlashtiruvchi ushbu loyiha umumiy hisobda 30 000 nafar yoshni qamrab oladi.

Qatnashmoqchi boʻlganlarning aksariyati Toshkent shahri (15,83%), Samarqand (15,23%) va Navoiy (8,9%) viloyatlari yoshlarini tashkil etadi.

Tanlovda qatnashish uchun jami 2653ta murojaat kelib tushgan. Eng koʻp ariza (805ta) Ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash yoʻnalishi boʻyicha. Keyingi oʻrinlarda Tadbirkorlik va bandlik (379ta) hamda Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar (357ta) yoʻnalishlari turibdi.