Uchrashuvda turizmning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shu oʻrinda ikki mamlakat turizm sohasi ishbilarmonlari oʻrtasida muzokaralar tashkil etish, xalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishga koʻmaklashish, gid-tarjimonlar va ekskursiya yetakchilari uchun malaka oshirish kurslarini joriy etish, ikki davlat yetakchi ommaviy axborot vositalari orqali Oʻzbekiston va Misr turizm salohiyati targʻibotini kuchaytirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar sonini oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida aniq maqsad va vazifalarni qamrab oluvchi 2023–2025-yillarga moʻljallangan Qoʻshma harakatlar rejasini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.