Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning 465 645 nafari yoki 45 foizi ayollar, 565 964 nafari yoki 55 foiz erkaklar boʻlib, ularning 173 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalar hisoblanadi. Bundan tashqari:
- I guruh nogironligi — 94 722 nafar;
- II guruh nogironligi — 695 372 nafar;
- III guruh nogironligi — 67 006 nafar.
Nogironligi boʻlganlarning yoshi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich 30 yoshdan pensiya yoshigacha boʻlganlarda (493 879 nafar) belgilangan.
2025-yilning oʻtgan davri mobaynida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan 17 499 nafar shaxsga birlamchi, 41 487 nafar shaxsga qayta nogironlik berilgan.
Bunda birlamchi nogironlik asosan qon aylanish aʼzolari kasalliklari (2808), suyak-mushak kasalliklari tizimi kasalliklari (1900), tugʻma nuqsonlar (1724), endokrin kasalliklari (1580), asab tizimi kasalliklari (1349) boʻyicha belgilangan.
Nogironligi boʻlgan shaxslar hududlar kesimida eng yuqori koʻrsatkich:
- Samarqand (110 189);
- Qashqadaryo (108 041);
- Fargʻona (94 395);
- Andijon (88 470);
- Surxondaryo (88 470).
Eng past koʻrsatkich esa Sirdaryo (38 123), Jizzax (44 496), Navoiy (48 172) va Buxoro (60 446) viloyatlarida kuzatilgan.