Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ulardan 4 228 tasi qoʻshma va 13 672 tasi xorijiy korxonalardir.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.
Oʻzbekistondagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar:
- Xitoy — 4 873 ta;
- Rossiya — 3 209 ta;
- Turkiya — 2 109 ta;
- Qozogʻiston — 1 199 ta;
- Janubiy Koreya — 691 ta;
- Afgʻoniston — 637 ta;
- BAA — 404 ta;
- Tojikiston — 386 ta;
- Hindiston — 364 ta;
- AQSH — 353 ta.