O‘zbekistonda ilk bor “oziq-ovqat sanoat texnoparki” barpo etilmoqda

    Xalqaro hamkorlik 26 Iyun 2023 1360

    “Sirdaryo–Xitoy” biznes forumi qatnashchilari Sirdaryo viloyati Xovos tumanida O‘zbekistonda ilk bor barpo etilayotgan “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” va hududda amalga oshirish mumkin bo‘lgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

    Unda Qishloq xo‘jaligi vaziriligi rahbariyati, Sirdaryo viloyat hokimligi va Xitoy va mahalliy ishbilarmonlar, shuningdek, hududiy hokimliklar vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

    Taqdimotda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Xitoydagi yetakchi kompaniyalar vakillariga O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud imkoniyatlar va takliflar xaqida ma’lumot berdi.

    Tadbirda, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot bo‘yicha “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslar doirasida ishlab chiqilgan yangi loyiha takliflari, tashabbuskor sarmoyadorlar uchun yaratib beriladigan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” loyihasining afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.

    Umid Mamadaminov, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari:

    — Xitoylik tadbirkorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazib muzokorolar o‘tkazishdi. Bu kabi “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” dunyoning ko‘p mamlakatlarida amalga oshirilgan.Misol uchun Turkiyani va Xitoy davlatlarini oladigan bo‘lsak, yo‘nalishlariga qarab, ya’ni, oziq-ovqat yo‘nalishida, issiqxonalar yo‘nalishida yoki bo‘lmasam sanoatning boshqa turlari yo‘nalishida ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoat zonalari tashkil qilingan.Misol uchun ushbu sanoat hududlarida davlat barcha sharoitlarini qilib berib tadbirkorlarga tayyor holda lotlar hisobida binolar qo‘rib topshiradi. Bunda tadbirkorlarga yengilliklar yaratiladi.Tadbirkorlar ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan uskunalarini olib kelib io‘lab chiqarish faoliyatlarini boshlaydi.Shu bois biz ham pilotli ravishda O‘zbekistonda ilk bor Sirdaryo viloyatida boshladik.Uylaymanki, bu ishlarimizning natijasi juda yuqori bo‘ladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida sanoat parklarini ko‘paytiramiz.

    Taqdimot B2B formatidagi muloqotlar doirasida davom etdi. Unda 10 gektarli yer maydoniga barpo etilayotgan “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” qurilish loyihasining qiymati 25 million AQSH dollarini tashkil etishi va ushbu tadbirkorlik obyektini temir yo‘l kesishmasi yaqinida joylashganligi ta`kidlandi hamda Xitoy bozorida talabi yuqori mahsulotlarni kerakli usulda ishlab chiqarib eksport qilishni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

    Joung Bing, xitoylik investor:

    — Bu safargi tashrifim davomida O‘zbekistonda poliz ekinlarini qayta ishlab eksportpob mahsulotlarni o‘zimizni mamlakatga olib ketish ilinjida kelganman. Biznes-forum doirasida yaratilgan sharoitlarni ko‘rib O‘zbekistonda ham o‘zimni investitsiyamni amalga oshirish uchun maqsad qo‘ydim. Invetitsiyalarimizni keyingi bosqilarini O‘zbekistonda amalga oshiramiz degan umiddaman.