Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra koronavirus aniqlangan bemorning davolanish xarajatlarini u kasallik yuqtirgan muassasa yoki tashkilot to‘lar ekan. Agar kasallik qaerdan yuqtirilganligi konkret aniqlanmasa, u holda davolanish xarajatlarini kim to‘laydi?
— Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali epidemiologlari tomonidan epidemiologik surishtiruv to‘laqonli olib borilmoqda va har bir aniqlangan kasallik holatining manbasi aniqlanmoqda. Bu jarayonda IIV bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Agar O‘zbekiston fuqarosi chet elda boshqa kasallikdan vafot etsa, uning jasadi olib kelingandan so‘ng mayit tobut bilan dafn etiladimi yoki islom an’analariga muvofiqmi?
— Ushbu holatda xaqiqatda COVID-19 mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etilsa dafn marosimlari odatdagi tartibda amalga oshirishi mumkin.
Koronavirus info telegram kanalida Bergamo shahrida koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydirilishi haqida ma’lumot o‘qidim. O‘zbekistonda ham shunday chora ko‘riladimi?
— COVID-19 koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan va ushbu kasallikdan vafot etgan bemorlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining mutaxassislari ishtirokida qat’iy sanitariya-gigiena talablari asosida hamda zararsizlantirish olib borilib Islom dini urf-odatlari bo‘yicha dafn etilmoqda.
Piskent shahri "qizil" hududga kiritilgani sabab, Olmaliqqa shahriga Piskent orqali o‘tuvchi yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Olmaliq “yashil” hudud bo‘lsa ham unga o‘tish yo‘llari yopilishi mumkinmi?
— Karantin talablari bo‘yicha qizil hudud va yashil hududlar o‘rtasida xarakatlanish to‘xtatiladi, ya’ni “qizil” toifadagi hududga kirish va chiqish taqiqlanadi.