«2019-2028-yillarda Oʻzbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasiningi asosiy maqsadi biologik xilma-xillik Konvensiyasi talablarini amalga oshirishdan iborat. Strategiya 9 ta bobdan iborat boʻlib, 2 ta asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
2019-2023-yillarda bioxilma-xillikka oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish.
2024-2028-yillarda atrof-muhit muhofazasi, bioxilma-xillikni saqlash masalalari boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlarga erishish.
Shuningdek, Strategiyada 2028-yilgacha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarimiz hajmini 12% gacha kengaytirish masalasi ham koʻzda tutilgan».