O‘zbekistonda «Pechino Express» realiti shousi suratga olinadi

    O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi ko‘magida «Pechino Express» realiti shousining navbatdagi bosqichi yurtimizda suratga olinadi. 

    Mashhur teleboshlovchi Konstantino della Gerardeska ishtirokidagi ushbu keng ko‘lamli shouning yangi mavsumi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Turkiya, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirligi qatorida O‘zbekiston hududida ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jumladan, «Pechino Express» (Peking Express) ning buyuk hukmdorlar Amir Temur, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxonning tarixiy izidan olib borilishi rejalashtirilgan «yangi sarguzasht» sonida G‘arb va Sharqni bog‘lab turuvchi sivilizatsiyalar haqida maʼlumot beriladi.

    Shuningdek, shouning 10 ishtirokchi- juftligi nafaqat geografik, balki madaniy sinovlardan avtomobil yordamida, tuyalarda, poyezd va qayiqlarda hamda piyoda o‘tib, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab qariyb ming kilometrlik yo‘lni bosib o‘tadi.

    So‘ngra Qoraqalpog‘istonning Ellikqalʼa vodiysidan o‘tib, ertaknamo Xivaga, Qizilqum sahrolari orqali Buxoroi Sharifga, keyinchalik Samarqand shahrining Registon va Shoxi-Zinda majmuasiga tashrif buyurishadi. Sayohat Toshkentning qadimiy hamda zamonaviy qiyofasini namoyon etish bilan yakun topib, o‘z navbatida yevropalik teletomoshabinlarning o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati va urf-odatlariga bo‘lgan qiziqishni orttiradi.

    «Pechino Express» (Peking Express) mualliflari hamda ularning mintaqaviy hamkorlari bo‘lgan “Tenti Group i Veres-Vert Ltd.” kompaniyalari tomonidan mazkur loyiha O‘zbekistonda suratga olinayotgan shouning so‘nggisi emasligi qayd etildi.

    “Eccholine BV i Banijay Italia” studiyasining 2022 Italiyaning yirik telekanallaridan biri “Sky Italia” va “NOW striming” platformasida translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.