Alirizo Anisi Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biri sifatida bilishini va oʻzbek tadbirkorlari bilan birgalikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini taʼkidladi. U, shuningdek, Oʻzbekistondagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish boʻyicha loyihalarda qatnatish taklifini ham ilgari surdi.
Tomonlar mazkur yoʻnalishda hamkorlikning istiqbollari xususida fikr almashdilar.
Boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng Eron tomoni diplomatik missiya binosida tashkil etilgan oʻzbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan bezatilgan va mamlakatimiz urf-odatlari va anʼanalari aks etgan burchak bilan tanishdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.