Aslida IT xizmatlarini AQSHga eksporti undan ham koʻp, chunki rasmiy statistika orqali oʻtmasdan masofaviy xizmatlar eksporti bilan shugʻullanayotganlar soni anchagina, shu jumladan frilanserlar ham.
"EPAM" kabi katta AQSH autsorsing kompaniyalaridan tashqari, AQSHdagi oʻzimizni vatandoshlarimiz ham IT Parkda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib qoʻshimcha daromad topishlari mumkin albatta. Shuning uchun AQSHda 100dan ortiq vatandoshlar ishtirokidagi ochiq muloqotda rasman ishlayotgan muvaffaqiyatli eksporterlarimiz oʻzlarining tajribalari bilan boʻlishdilar" - deydi vazir Sherzod Shermatov.