Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli S.N. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum raqamdan qoʻngʻiroq qilib oʻzini “Slick” toʻlov tizimi xodimi deb tanishtirgan shaxs, jami 1.200.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini yashirin ravishda yechib olganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslar Toshkent shahrida yashovchi 31 yoshli V.M., 54 yoshli Yu.M. va 25 yoshli R.K.lar ekanligi aniqlandi.

Unga koʻra, V.M., Yu.M. va R.K.lar jinoiy maqsadlarini amalga oshirish uchun, fuqarolarga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “Slick” xodimi deb tanishtirib, bank plastik kartasiga kiberhujum amalga oshirilayotganligini, fuqarolarni aldagan holda “SMS” maxfiy kodlarni qoʻlga kiritishga erishgan. Ushbu maxfiy kodlar yordamida fuqarolarning elektron pullarini, boshqa bank kartalari va kriptoxamyonlarga oʻtkazganliklari maʼlum boʻldi.

Jinoyat sodir etgan V.M., Yu.M. va M.X., R.K.lar JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) 3-qismi va boshqa moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.