Qayd etilishicha, 2023-yil Kobe va 2024-yil Parijda oʻtkazilgan dunyo birinchiliklari bilan taqqoslanganda, Nyu-Delida boʻladigan musobaqada para atletlar yana 15 ta qoʻshimcha turlar boʻyicha oʻzaro gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Unga koʻra, jahon chempionatida oʻynaladigan medallar jamlanmasi 186 taga yetadi (101 ta erkaklar, 84 ta ayollar va 1 ta aralash dastur).
Yangi kiritilgan qoʻshimcha dasturlar roʻyxati bilan tanishing:
Erkaklar oʻrtasidagi dasturlar
100m yugurish T71
200m yugurish T44
400m yugurish T72
800m yugurish T20
Uzunlikka sakrash T44
Disk uloqtirish F57
Disk uloqtirish F44
Nayza uloqtirish F44
Ayollar oʻrtasidagi dasturlar
100m yugurish T71
100m yugurish T44
200m yugurish T44
400m yugurish T72
400m yugurish T34
Disk uloqtirish F44
Yadro uloqtirish F44