Guandun provinsiyasida yashovchi 56 yoshli ayol parranda grippining H3N8 kichik turini yuqtirgan uchinchi shaxsga aylangandi.
Infeksiyani yuqtirib olish bilan bogʻliq barcha holatlar Xitoyda qayd etilgan, birinchi ikkitasi oʻtgan yili boʻlgan.
“Mavjud maʼlumotlarga koʻra, bu virus odamdan odamga oson yuqish xususiyatiga ega emas va shuning uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda uning odamlarga tarqalish xavfi past darajada deb hisoblanadi”, deya xulosa qildi JSST.
Agentlikning eslatishicha, H3N8 shtammi odamlarda kam, qushlarda esa koʻp uchraydi, u kasallik belgilarini deyarli namoyon qilmaydi. Virus boshqa sutemizuvchilarga ham yuqishi mumkin.
Odamlarning H3N8 parranda grippi bilan kasallanish bilan bogʻliq ilk holat 2022-yilning aprel oyida Xitoyda qayd etilgan. Xenan provinsiyasida yashovchi toʻrt yoshli bolada tovuqlar va qargʻalar taʼsiri tufayli isitma va boshqa alomatlar paydo boʻlgandi, deb xabar beradi korrespondent.net.