Farmonga koʻra:

👉 2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni koʻpaytirish, shuningdek, mol soʻyish, teri va junni qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish boʻyicha qorakoʻlchilik klasterlari tashkil qilinadi;

👉 klasterlarga qorakoʻl zotli qoʻylarini boqishga moʻljallangan, shu jumladan, oʻrmon bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi;

👉 klasterlarga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shohli nasldor mollarni koʻpaytirish boʻyicha majburiyatlar yuklanadi;

👉 klasterlar Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

👉 2021-yil 1-yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga 120 million soʻmgacha miqdorda subsidiyalar beriladi;

👉 Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi.