Power International Holding kompaniyasi bilan hamkorlik yanada kengaytiriladi

    Investitsiyalar 14 Mart 2024 841

    Joriy yil 13-martda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Power International Holding kompaniyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari Moris Ghattas oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Muzokaralarda transport va energetika sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati va istiqbollari koʻrib chiqildi.

    Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha oʻzaro tayyorlik bildirilib, muhokama etilgan loyiha va tashabbuslarni oʻz vaqtida amalga oshirishning aniq mexanizmlari belgilab olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Power International Holding 1983-yilda tashkil etilgan. Dunyoning 19 davlatida faoliyat yuritadi. Forbes maʼlumotlariga koʻra, u Yaqin Sharqdagi 13 ta eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya, shuningdek, energetika, metallurgiya, sogʻliqni saqlash, turizm va qishloq xoʻjaligi sohalarida 5 ta shoʻba korxonasiga ega.