Ana shu topshiriqlar ijrosi doirasida Baxshichilik oyligi doirasida Oltinsoy tumanida “Kuyla, Surxonim doʻmbirasi” festivali oʻtkazildi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi va Oltinsoy tuman hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan festivalda viloyatdagi 15 ta tuman-shahardan 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu festivaldan koʻzlangan asosiy maqsad, yoshlarimiz ongida milliy qadriyatlarga boʻlgan hurmat tuygʻusini shakllantirish, baxshichilik sanʼatiga boʻlgan qiziqishini oshirish, isteʼdod egalarini aniqlash va ularga keng yoʻl ochib berishdan iborat. Festival yakunida faol ishtirok etgan baxshilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar topshirildi.