Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan 8 dona Rossiya imperiyasida zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlanadi. Mazkur tangalarni olib chiqish uchun fuqaroda tegishli idoralar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.