Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, sovuq mavsumda suvni muz shaklida saqlab, bahor va yoz oylarida asta-sekin eritish orqali sugʻorish va xoʻjalik ehtiyojlariga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.
Ushbu sunʼiy muzliklar FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bajarilayotgan “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga taʼsirini baholash dasturi” loyihasi tomonidan moliyalashtirildi.
Hozirgi kunda Sarchashma mahallasida jami 4ta sunʼiy muzlik ustunlari barpo etilgan, har biri qish oylarida 450 kub metrgacha suvni yigʻib berib, uning umrini bahor-yoz oylarida uzaytirish imkonini beradi.
Texnologiya energiya talab qilmaydi, ekologik xavfsiz va mahalliy sharoitga moslashuvchan. Kelgusida ushbu tajribani yurtimizning boshqa togʻli hududlarida ham joriy etish rejalashtirilmoqda.