Suhbatda Sojitzzning Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya, sogʻliqni saqlash va transport sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi faol pozitsiyasi yuqori baholanib, korporatsiyaning mamlakatimizdagi joriy va yangi tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.
Uchrashuv doirasida shu yil iyul oyida Sojitz korporatsiyasi delegatsiyasining davlat rahbari bilan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va korporatsiya oʻrtasida Strategik yoʻl xaritasini imzolash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Imzolangan hujjat kelgusidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi hamda Oʻzbekistonning asosiy tarmoqlarini, jumladan, energetika, sogʻliqni saqlash, transport, ijtimoiy infratuzilma va sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Tomonlar Strategik yoʻl xaritasining imzolanishi “Sojitz korporatsiyasi ” tarixida yangi sahifa ochishi hamda Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadigan yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha faol hamkorlik uchun asos boʻlib xizmat qilishi toʻgʻrisida yakdil fikr bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.