Oʻzgartirishlarga koʻra, fermer va dexqon xoʻjaliklari hamda boshqa suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Qishlok xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlari belgilandi.
Bundan tashqari, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha fermer xoʻjaliklarining majburiyati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 24.10.2024-yildan kuchga kirdi.