Qishloq xo'jaligini rivojlantirishda qanday muammolar bor?

    Bu masala bo'yicha hukumatga parlament so'rovi yuborildi.

    So'nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo'jaligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilingani sohani tubdan isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Binobarin, Strategiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi natijasida yangidan-yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishga tushirildi. Xo'jalik yuritishning zamonaviy uslublari va ilg'or shakllari, jumladan, turli ixtisoslashuvdagi klasterlar, qishloq xo'jaligi birlashmalari (kooperatsiya) tashkil etildi. SHu bilan birga, hududlarda jami 51,9 ming gektar er qayta foydalanishga kiritildi.

    Ammo, bu yutuqlar bilan birga, Strategiyada belgilangan qator tadbirlarni o'z vaqtida va samarali ro'yobga chiqarishga ta'sir qilayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, erlarni o'zlashtirishda davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari to'g'ri yo'lga qo'yilmagan, sohaga xususiy investitsiya kiritish masalasiga oid muammolar to'liq o'z echimini topmagan. Paxta xom-ashyosini etishtiruvchi fermer xo'jaliklari bilan paxta-to'qimachilik klasterlari o'rtasida shartnomaviy munosabatlar to'g'ri yo'lga qo'yilmagan.

    YUrtimizda boshoqli don etishtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishiga qaramasdan, respublika bo'yicha jami 2 229 ta fermer xo'jaligida davlatga don sotish shartnomaviy rejasi bajarilmagan. SHuningdek, Andijonda 7,5 ming, Buxoroda 2,5 ming, Jizzaxda
    8,1 ming, Qashqadaryoda 26 ming, Sirdaryoda 36,8 ming, Farg'onada 15,2 ming gektar maydonlarga belgilangan takroriy ekinlar ekilmagan. Ayniqsa, moyli ekinlar uchun takroriy maydonlar kam ajratilgani o'simlik yog'i narxi barqarorligiga salbiy ta'sir qilmoqda. Natijada joriy yilning oktyabr` oyida bozorlarda o'simlik yog'i narxining sezilarli darajada ko'tarilishi kuzatildi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo'lib o'tgan yig'ilishda deputatlar, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligining muhim bo'g'ini hisoblangan urug'chilik sohasidagi ishlar, sabzavotchilik, polizchilik, mevachilik sohalarida mexanizatsiyalash darajasini oshirish, ayniqsa, paxtani mexanizatsiyalash usulida terib olish ko'lamini kengaytirish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar lozim darajada tashkil etilmaganini ham qayd etdi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, majlisda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Shuhrat G'anievga “O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida” qonunchilik palatasining parlament so'rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.