Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish rtiqcha ovoragarchilikning oldini oladi, tadbirkorlik rivojiga keng yo'l ochadi

    Prezidentimizning “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “YOshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishi tizimini tubdan takomillashtirish, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilan bog'liq muhim chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta ko'rib chiqish,tadbirkorlik faoliyati rivojiga to'siq bo'layotgan ortiqcha normalarning qisqartirilishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

    Bu bejiz emas. Zero, hayotimizning barcha jabhalari qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Qonunchilikdagi takrorlanish, tafovut va chalkashliklar esa huquqni qo'llash amaliyotini murakkablashtiradi. CHunki bir masalani tushunish uchun yuzlab hujjatlarni ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Mazkur holat qonunchilik tizimini sifat jihatdan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etmoqda.

    Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan ushbu yo'nalishda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida barcha sohalarda qonunchilikni tizimlashtirish ishlarini samarali yo'lga qo'yish, qabul qilinganiga ko'p vaqt bo'lgan qonun hujjatlarini qayta ko'rib chiqish va ularni bugungi islohotlarga uyg'unlashtirish yuzasidan tizimli ish olib borilmoqda.

    Sohadagi ishlar bosqichma-bosqich davom etmoqda. Bu jarayonda, dastavval, qonunchilik bazasi to'liq xatlovdan o'tkazilib, o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlarni (tartibga solish gil`otinasi usuli orqali)bekor qilish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida Prezidentning 500 ga yaqin farmoni va qarori hamda hukumatning 2 000 ga yaqinhujjati bekor qilindi.Bugungi kunda milliy qonunchilik bazasida 35 mingdan ortiq hujjat mavjudligini inobatga oladigan bo'lsak, ushbu islohotlar natijasida hujjatlar sonini deyarli 10 foiz qisqartirishga erishildi.

    Tartibga solish gil`otinasi tamoyilining asosiy g'oyasi samarasiz, ishlamaydigan, qonunchilikka zid bo'lgan qoidalarni aniqlash maqsadida me'yoriy hujjatlarni qayta ko'rib chiqish natijalari asosida qisqa muddatlarda o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlarni to'liq yoki qisman bekor qilishdir.Ushbu usul SHvetsiyada biznesni rivojlantirish va sarmoyalarni jalb qilishga to'sqinlik qiladigan qoidalarni olib tashlash uchun ishlab chiqilgan bo'lib, keyinchalikItaliya, Xorvatiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Meksika, Rossiya va kabi ko'plab mamlakatlarda nazorat faoliyatini isloh qilishning samarali vositasi sifatida qo'llanilgan.

    SHu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan hujjatlarni konsolidatsiya usullarini qo'llagan holda tizimlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Aytish kerakki, konsolidatsiyatizimlashtirishning turli shakldagi, ammo mazmun jihatdan o'xshash bo'lgan qonunchilik hujjatlarini bitta hujjatga birlashtirishni nazarda tutuvchi usulidir.Adliya vazirligi hamda manfaatdor davlat organlari tomonidan o'tkazilgan tahlil natijalari quyidagilarni inobatga olgan holda qonun hujjatlarini kompleks tizimlashtirish zarurati mavjudligini ko'rsatmoqda.

    Birinchidan, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning ko'pligi qonunosti hujjatlar sonining sun'iy ravishda oshishiga sabab bo'lmoqda.Ta'kidlash joizki, hozirda yuzga yaqin davlat organi faoliyatini tartibga soluvchi 1600 dan ziyod qonunchilik hujjati mavjud.Misol uchun, birgina Qishloq xo'jaligi vazirligi bo'yicha 93 ta, Xalq ta'limi vazirligi bo'yicha 83 ta, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bo'yicha 82 ta hujjat qabul qilingan.endilikda davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini birlashtirish orqali ularning sonini qisqartirish taklif etilmoqda.

    Ikkinchidan,qonunlardagi normalarning qonunosti hujjatlarda takrorlanishi huquqiy tartibga solish yukini ko'paytirmoqda va huquqni qo'llash amaliyotini qiyinlashtirmoqda. Bu esa fuqarolar va tadbirkorlar muayyan masala bo'yicha aynan qaysi hujjatga amal qilishi kerakligi yuzasidan savollarni tug'dirmoqda. Natijada masalani tushunish va unga huquqiy echim topish uchun yuzlab hujjatlarni ko'rib chiqishga to'g'ri kelmoqda.Dastlabki tahlil natijalariga ko'ra, har bir soha bo'yicha o'rtacha 4-5 ta qonun, 40 dan ortiq qonunosti hujjat qabul qilingan. Ayrim qonunosti hujjatlar matnlarining aksariyat qismi yuqori turuvchi qonunlar, shuningdek, bir sohani tartibga soluvchi qonunosti hujjatlardagi normalarni takrorlaydi.

    Uchinchidan, bir xil sohalarni tartibga soluvchi bir nechta qonunchilik hujjati mavjudligi huquqni qo'llashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.Jumladan, Fuqarolik kodeksidagi sug'urta faoliyatiga doir normalar “Cug'urta faoliyati to'g'risida”gi, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi, “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risida”gi, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi qonunlarda va boshqa qonunosti hujjatlarda takroran belgilangan.

    Bu borada xorijiy davlatlar tajribasi nazar solsak.Qozog'istonda barqaror ijtimoiy munosabatlarni kompleks tartibga solish konsolidatsiyalashgan qonunlar orqali amalga oshiriladi. Moldovada bir sohada huquqiy normalarning ko'pligini bartaraf etish zarur bo'lgan hollarda konsolidatsiyalashgan qonun hujjati qabul qilinadi. Rossiya Federatsiyasida bir sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlari inkorporatsiya, konsolidatsiya va kodifikatsiya qilish orqali tizimlashtiriladi va to'plamlarga birlashtiriladi. Frantsiyada 80 tadan ortiq sohadagi qonun hujjatlari kodekslarda, Germaniyada qabul qilingan qonun hujjatlari tartibga solish sohasi bo'yicha yagona qonunchilik hujjatlari to'plamida jamlangan.

    Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida keng qamrovli ishlar qilinishi lozim. SHu bois, ushbu yo'nalishdagi ishlarni bosqichma-bosqich ravishda 2021–2025 yillar davomida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

    Zero, qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va kamaytirish orqali, avvalo, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan aynan qaysi hujjatdan foydalansa to'g'ri bo'ladi, degan savolga tezkor va aniq echim topiladi. Huquqiy axborotdan foydalanish va huquqshunos xizmatlari bilan bog'liq sarf-xarajatlar qisqarishiga xizmat qiladi. Qonunchilikdagi takrorlanish va tafovutlarning bartaraf etilishiga zamin yaratiladi.

    A'zamjon eRKINOV,

    Adliya vazirligining qonun hujjatlarini tahlil

    qilish va turkumlash boshqarmasi bosh maslahatchi