Faol asteroidlar kometalarning dumlariga o'xshash gaz va chang qobig'iga ega. Shu bilan birga, ular asosan Mars va Yupiter o'rtasidagi asosiy asteroid kamarida joylashgan.
Loyihada sakkiz mingga yaqin ko'ngilli ishtirok etdi. Ular Chilidagi teleskopga o'rnatilgan DECam kameralaridan olingan 430 ming tasvirni ko'rib chiqishdi. Natijada ular 15 ta asteroidda ilgari noma'lum bo'lgan faollikni aniqlashga muvaffaq bo'lishdi.
Quyosh tizimida faol asteroidlar kam uchraydi. Bunday turdagi birinchi obyekt 1949-yilda kashf etilgan. O'shandan beri astronomlar 60 tacha faol asteroidlarni aniqlashdi, bu jami 1,3 million asteroidning juda kichik foizidir.
Faol asteroidlarni o'rganish olimlarga Quyosh tizimining shakllanishi va evolyutsiyasini, jumladan, Yerdagi suvning kelib chiqishini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.