“Toshkent” aeroportidagi quyuq tuman tufayli (koʻrish imkoniyati 150 metrgacha) Istanbul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan “Turkish Airlines” aviakompaniyasining THY-368 qatnovi sahnidagi 259 nafar yoʻlovchi bilan belgilangan aeroportga qoʻna olmadi va soat 08:45 da Bishkekdagi (Qirgʻiziston) zaxira aerodromga yuborildi.

Bu haqda “Uzbekistan Airways” axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, “Air Cairo” aviakompaniyasining Sharm el-Shayx – Toshkent yoʻnalishi boʻylab MSC-771 qatnovini amalga oshirayotgan havo kemasi koʻrish imkoniyati yomonlashgani tufayli (koʻrish imkoniyati 200 metr) “Navoiy” zaxira aerodromiga yoʻnaltirilgan. Sahnida 172 yoʻlovchi boʻlgan samolyot soat 09:35 da “Navoiy” aeroportiga qoʻngan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:14 da “Toshkent” aeroportidagi cheklovlar bekor qilindi. “Turkish Airlines” THY-368 reysi Toshkentga soat 11:47da havoga koʻtarilib, qoʻndi, “Air Cairo” samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 12:07 da poytaxt aeroportiga qoʻndi.