Qayd etilishicha, oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 12 ta korxona (“Sm metan elit oil” MCHJ, “Avesta comfort eko-gaz” MCHJ, “S.U.K. oil” MCHJ, “As Sirdaryo servis” MCHJ, “Avto mag petrol” MCHJ, “Berdiyor Xabib” MCHJ, “Madinabonu Robiyabonu hamkor” MCHJ, “Tex bazar group 001” MCHJ, “Roxon xaa” MCHJ, “Farrux medio servis” XK, “Khizmat travel” MCHJ va “Tire max” MCHJ) tomonidan reklama qonunchiligi talablarini buzganlik holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan ”Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga ishlar qoʻzgʻatilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.