Ukraina Kiberpolitsiya departamenti va Qozogʻiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda oʻzlarini bank xizmatchisi yoki xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtiruvchi firibgarlar “Sall-markazi”ni qoʻlga olishdi.

“Sall-markaz” 37 nafar operatorlarga ega boʻlib Qozogʻiston Respublikasi fuqarolariga, ularning bank kartasiga hujum uyushtirilayotganligi haqida yolgʻon xabar orqali sms-xabarlarini qoʻlga kiritish yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirganlar.

“Sall-markaz” Dnepr shahrining 3 nafar fuqarosi tomonidan oʻylab topilgan reja boʻlgan.