Energetika vazirligi huzuridagi “O'zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda o'tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahridagi 136-144-sonli ko'p qavatli uylar (9 ta) tabiiy gaz tarmog'iga “Billing” dasturidan ro'yxatdan o'tmagan holda ulanib olib, undan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu ko'p qavatli uylar “A.B.” MCHJ tomonidan qurilgan bo'lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, tizimga qariyb 9 mlrd 535 mln so'm (25 mln 90 ming 836 metr kub) zarar yetkazilgani ma'lum bo'ldi.

Bundan tashqari, mazkur hududdagi 142-143-sonli ko'p qavatli uylar elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, “PK-uchyot” bazasida ro'yxatdan o'tmagan holda noqonuniy foydalanib, tizimga 64 mln 800 ming so'm zarar yetkazgani aniqlangan.

Qoidabuzar iste'molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko'rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.