15 Mar 2025
14:10

    Samolyot belgilangan vaqtdan kechiksa, yetkazilgan zarar qoplanadimi?

    Qonunchilikka koʻra, parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yoʻlovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.

    Yoʻlovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi:

    — bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash;

    — parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha boʻlgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash;

    — tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan koʻra koʻproq boʻlsa, mehmonxona bilan taʼminlash;

    — kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qoʻyish va qaytishni taʼminlash;

    — chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech