Yoʻlovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi:

— bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash;

— parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha boʻlgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash;

— tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan koʻra koʻproq boʻlsa, mehmonxona bilan taʼminlash;

— kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qoʻyish va qaytishni taʼminlash;

— chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash.