Rossiya davlat pedagogika universiteti oʻzbek madaniyati markazida Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bagʻishlangan adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Tadbirda universitet markazlari olimlari va oʻqituvchilari, oʻzbek diasporasi vakillari hamda Sankt-Peterburg oliy oʻquv yurtlari talabalari ishtirok etdi.

“Bugungi kechaga tayyorgarlik koʻrish chogʻida men bugun muhokama qilinadigan shoirlar haqida oʻqib chiqdim va Rossiya va Oʻzbekiston tarixi qanchalik bogʻliqligidan hayratda qoldim”, - dedi universitet prorektori Dmitriy Mereshkin.

Qayd etilishicha, tadbirda talaba yoshlar ijrosida buyuk mualliflarning sheʼrlari va ruboiylari oʻqildi. Shuningdek, sharq raqslari ijro etildi.