“Gross Insurance” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ilovada SOS tugmasi mavjud bo‘lib, uning yordamida sayyohlar 24 soat davomida qo‘llab-quvvatlash markazi operatoriga murojaat qilishi mumkin. Ularga joylashgan manzilidan qat’iy nazar, tezkor va malakali yordam taqdim etiladi. Ilova sayyohning istalgan mamlakatda joylashgan joyini avtomatik ravishda aniqlay oladi. 

“Gross Mobile”dan O‘zbekistonda joylashgan sug‘urta polisi egalari ham foydalanishi mumkin. Ular eng yaqin klinikani yoki dorixonani qidirish, shifokor bilan uchrashuvga kelish va yo‘lda avariya yuz bergan taqdirda favqulodda vaziyat komissarlariga shoshilinch qo‘ng‘iroq qilish funksiyalaridan foydalanish ham mumkin.

Yangi sayyohlik ilovasi taqdimoti poytaxtimizdagi “Courtyard by Marriott Tashkent” mehmonxonasida tashkil etildi. Taqdimotda O‘zbekistonning 200ga yaqin sayyohlik firmasi vakillari ishtirok etishdi. Tadbir O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urta kompaniyasi sanalgan “Gross Insurance” hamda “Prestige Travel” turoperatori, “Sun International” (Misr) mehmonxonasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. 

Shuningdek, yangi sayyohlik yo‘nalishi - Toshkent-Xurgada (Misr) yo‘nalishining ochilish marosimi o‘tkazildi. 2021 yil mart oyidan O‘zbekistonda birinchi marta “Airbus 320 NEO” borti milliy havo kemasida har 10 kunda Toshkent - Xurgada to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslari amalga oshiriladi. “Gross Mobile” ilovasini Android qurilmalari uchun quyidagi havola orqali IOS va Android qurilmalari uchun yuklab olish imkoni mavjud.