Sayyoramizdagi plastik chiqindilarning umumiy miqdori hisoblab chiqildi

    Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari Yerda har yili qancha miqdorda plastik chiqindilar yuzaga kelishini hisoblab chiqdi.

    Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ularning umumiy hajmi 52 metrik tonnagacha yetadi. Bu Nyu-Yorkning butun markaziy parkini osmono'par binodek qalin qatlam bilan qoplash uchun yetarli.

    Olimlar dunyoning 50 ming shahrida qancha chiqindi yuzaga kelishini tahlil qilishdi. Tadqiqot faqat qayta ishlashga yuborilganlarni emas, balki atrof-muhitga tushib qolgan plastiklarni hisobga oldi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, plastik chiqindilarning uchdan ikki qismidan ko'prog'i Janubi-Sharqiy Osiyo va Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi.

    Lagos (Nigeriya) eng ifloslangan shahar deb tan olindi. Shuningdek, bu ro'yxatga Nyu-Dehli, Luanda, Karachi, Qohira kabi shaharlar kiritildi.

    Eng ko'p plastik chiqindilar chiqaradigan mamlakat Hindiston (yiliga 9,3 million tonna). U ikkinchi o'rindagi Nigeriyani (3,5 million tonna) va uchinchi o'rindagi Indoneziyani (3,3 million tonna) sezilarli farq bilan ortda qoldirdi. Xitoy (2,8 million tonna) bu borada to'rtinchi va Pokiston (2,5 million tonna) beshinchi o'rinni egalladi. Taqqoslash uchun, Buyuk Britaniya yiliga 4600 metrik tonna bilan 135-o'rinni egallaydi, deyiladi ABC News xabarida.

    Tadqiqotda sun'iy intellektdan foydalanildi, deb xabar beradi mir24.tv.