“Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Anqara, 2023-yil 16-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun shular jumlasidandir.

Qoʻmita majlisida senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarning doimiy komissiyalari raislari, Yoshlar parlamenti aʼzolari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda bitimning asosiy maqsadi Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo-davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan xalqaro moliya tashkiloti shaklida Turkiy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish ekanligi taʼkidlandi.

Bitim Turkiy investitsiya jamgʻarmasining maqsadlari, vazifalari, vakolatlari va tarkibini belgilaydi.

Senatorlar mazkur kelishuvning ratifikatsiya qilinishi Oʻzbekistonga iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, ayniqsa, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash imkonini berishini alohida taʼkidladilar, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Muhokama yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.