Majlisda Senatning qirq toʻrtinchi yalpi majlisini 2023-yil 24-avgustda chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator masalalarni muhokama etish rejalashtirilgan.
“Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida«gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida«gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sogʻliqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida«gi hamda “Yer qaʼri toʻgʻrisida«gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini oʻrganish natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.