Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Bunda 94 mln 533 ming metr kub tabiiy gaz (91 mlrd 57 mln soʻm) va 42 mln 961 ming kVt⋅soat elektr energiyasi (20 mlrd 371 mln soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga keltirilgan jami 111 mlrd 428 mln soʻm zarar undirishga qaratilgan.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi — Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 472 ming 665 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 214 ming 805 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng.
Keltirilishicha, qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.