Mamlakat tibbiyot birlashmalari assotsiatsiyasi raisi Filipp Devos ingliz matbuotiga bergan intervyusida, shifoxonalar va sogʻliqni saqlash tizimining tobora oʻsib borayotgan kasallanishlar qarshisida “choʻkib” ketmasligi uchun mamlakat bunga majbur boʻlayotganini bildirgan. Devos, shuningdek, kasallangan shifokorlarning bemorlarga virus yuqtirishi xavfi ortishini ham tan olgan.

mamlakatda, ayniqsa, Lyej shahrida koronavirus yuqtirganlik ehtimoli bilan test topshirgan 3 kishidan bittasining javobi ijobiy chiqmoqda. Belgiya sogʻliqni saqlash vaziri Frank Vandenbryuke avvalroq mamlakatni yuqumli kasallik – “sunami” kelishidan ogohlantirgan edi.