Natijada viloyatda mazkur yoʻnalishdagi turdosh korxonalar soni toʻrttaga yetdi.
Loyihaning birinchi bosqichida korxonaga umumiy qiymati 2 mln. AQSH dollarlik ipak ip yigirish liniyalari oʻrnatildi. Klaster usulida ish yurituvchi mazkur korxona joriy yilda tumandagi fermer xoʻjaliklari va kasanachilardan 221 tonna pilla xomashyosi qabul qilib oladi va uni shu yerning oʻzida toʻliq qayta ishlaydi. Natijada yiliga 2 mln. AQSH dollarlik mahsulot eksportga yoʻnaltiriladi.
Loyihining keyingi bosqichida esa umumiy qiymati 350 ming AQSH dollariga teng boʻlgan ipak mato toʻqish va boʻyash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish liniyalari oʻrnatiladi. Jihozlash ishlari 2023-yilning sentyabr oyida yakunlanadi. Natijada hududda 180 ta doimiy va 6400 ta mavsumiy ish oʻrinlari yaratiladi.