Natijada viloyatda mazkur yoʻnalishdagi  turdosh korxonalar soni toʻrttaga yetdi.

Loyihaning  birinchi bosqichida korxonaga umumiy qiymati 2 mln. AQSH dollarlik ipak ip yigirish liniyalari oʻrnatildi. Klaster usulida ish yurituvchi mazkur korxona joriy yilda  tumandagi fermer xoʻjaliklari va kasanachilardan  221 tonna pilla xomashyosi qabul qilib oladi va uni shu yerning oʻzida toʻliq qayta ishlaydi. Natijada yiliga 2 mln. AQSH dollarlik mahsulot eksportga yoʻnaltiriladi.

Loyihining  keyingi bosqichida esa umumiy qiymati 350 ming AQSH dollariga teng boʻlgan ipak mato toʻqish va boʻyash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish liniyalari oʻrnatiladi. Jihozlash ishlari  2023-yilning sentyabr oyida  yakunlanadi. Natijada hududda  180 ta doimiy va 6400 ta  mavsumiy ish oʻrinlari yaratiladi.