Sifatsiz dori-darmon mahsulotlari salomatlikka jiddiy xavf tugʻdirishi shubhasiz. Turli sharoitlarda va belgilangan meʼyorlarga rioya qilinmagan holda tayyorlangan sifatsiz dori vositalari shifo oʻrniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
Bu borada bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelayotgan ayrim shaxslarning qingʻir ishlari oʻz vaqtida fosh qilinmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro M.A boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtoulov toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida avtoulovning orqa oʻrindigʻida sotish maqsadida olib ketilayotgan tegishli hujjatlari boʻlmagan
qiymati 75,7 mln. soʻmlik jami 475 dona flakonda “Sefproks-NEO” yozuvli va 1325 dona flakonda “Geparin-NEO” yozuvli dori vositalari borligi aniqlandi.