10-dekabr kuni kecha Bekobod shahar “Obod turmush” MFY hududida, 37 yoshli fuqaro A.R. boshqaruvida boʻlgan Сobalt avtomobili xodimlar tomonidan toʻxtatilib tekshirilganda, avtomashinada fuqaro R.N.ga tegishli boʻlgan 104 ming 542 dona “britanik” va “7-shots” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi.
Bekobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “Oybek” YPX maskanida tungi xizmatga jalb qilingan IIB xodimlari tomonidan toʻxtatilgan Сobalt haydovchisi YPX inspektorining ishorasiga boʻysunmay, yoʻnalishida davom etgan.
Koʻrilgan choralar natijasida toʻxtatilgan haydovchi F.Q. boshqaruvidagi mashina yukxonasida fuqaro Z.B. (ayol)ga tegishli boʻlgan 1104 quti turli hajm va koʻrinishdagi pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda holatlar yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.