Loyihada quyidagilar tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:
▫️Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
Nizomga:
➖davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish tartibi va baholash mezonlarini belgilash;
➖sud eksperti faoliyatini “aʼlo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” oʻlchovlari asosida baholab borish;
➖reyting natijalarida ekspertlarni ragʻbatlantirib borish va faoliyat koʻrsatib kelayotgan sud ekspertlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish;
sud ekspertlik sohasidagi innovasiya texnologiyalarni keng ommalashtirish, sud ekspertiza faoliyatida sogʻlom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratishga qaratilgan qoidalar kiritilgan.
▫️Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy sud eksperti faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Nizomda:
➖yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etish;
➖xususiy sud ekspertining huquqiy maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarni hamda javobgarligini belgilash;
➖xususiy sud eksperti tomonidan oʻtkaziladigan ekspertiza turlarini belgilash;
xususiy sud ekspertlariga qoʻyiladigan talablar va boshqa masalalar aks ettirilgan.
Shuningdek, loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.