Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan festivalga puxta hozirlik koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi qaroriga muvofiq anʼanaviy festivalda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan folklor jamoalarining 200 dan ortiq vakili oʻz hududlariga xos libos va qadimiy kuy-qoʻshiqlar bilan faol ishtirok etadi.
Milliy qadriyat va anʼanalarimiz sharaflanadigan shodiyona doirasida milliy kurash musobaqasi, etnosport, velomarofon, uloq-koʻpkari, varrak uchirish, arqon tortish, chillak va boshqa xalq oʻyinlariga ham keng oʻrin ajratilgan.
Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi oʻtov-uy oʻrnatgan jamoalar, sport va xalq oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlanadi.