Shu bilan bir qatorda, hududlarda aholining ibodat qilishlari va diniy rasm-rusumlarni emin-erkin ado etishlari uchun masjidlarga boʻlgan ehtiyoji ortib bormoqda.
Joriy yilning 3-mart kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Angor tumani “Bahor” MFYda joylashgan “Sayyid Baraka” jomeʼ masjidi 130-son bilan roʻyxatdan oʻtkazildi, deya xabar beradi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Ushbu masjid 500 namozxonga moʻljallangan.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kun holatida Surxondaryo viloyatida jami 130 ta diniy tashkilotlar roʻyxatga olingan boʻlib, shularning 127 tasi jomeʼ masjidi, 2 tasi cherkov va 1 tasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligidir.